Andiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andiz (Inula) — qoqidoshlar oi-lasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar tur-kumi. 100 ga yaqin turi bor. A. asosan Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. O‘zbekistonda 9 turi uchraydi. Bo‘ydor A. (kora A.— I. helenium va sariq A.— I. grandis) turlari ko‘proq tarqalgan. Bu turlarning poyalari baland bo‘yli (1— 2,5 m), bir oz qirrali, tukdor; ildizpo-yasi (tanasi) yo‘g‘on; barglari butun, cheti notekis, poyaning quyi qismida yirik (uz. 40—50 sm, eni 20—25 sm), yuqorisida esa maydaroq (uz. 10—30 sm, eni 3—12 sm); guli savatcha, gulbandi yo‘g‘on, chetda-gi gullari urug‘chili, o‘rtadagilari esa ikki jinsli, sariq. Iyunning oxiridan sent. gacha gullaydi. Adir va tog‘larda 500—2000 m gacha balandlikda o‘sadi. Kora A. ildizpoyasi tarkibida 3% gacha efir moyi, 44% gacha inulin, saponin va b. moddalar bor. Ildizpoyasining kaynatmasi balg‘am ko‘chiruvchi dori si-fatida ishlatiladi. Sariq A. ham ta-bobatda siydik haydovchi dori o‘rnida qo‘llaniladi. Sariq A. ildizpoyasidan esa levulyoza (fruktoza) olinadi. A.ning ba’zi turlari xushmanzarali.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil