Andijonsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andijonsoy
Andijonsoyning Andijon shahridan oqib oʻtuvchi qismi
Andijonsoyning Andijon shahridan oqib oʻtuvchi qismi
Tavsif
Uzunligi 76,7
Suv sarfi 45,0 m³/s (suv oʻtkazish imkoniyati)
Suv oqimi
Boshlanishi Qoradaryo
 · Boshlanish joyi Kampirravot toʻgʻoni
 · Balandligi ~800 m
Quyilishi Katta Fargʻona kanali
 · Quyilish joyi Qoradaryo trakti boshiga yaqin
 · Balandligi ~460 m
Joylashuvi
Davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tuman Andijon tumani
Andijonsoy

Andijonsoy — Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa, Jalaquduq va Andijon tumanlaridan oqib oʻtuvchi[1], eramizdan avvalgi 2-ming yillikda paydo boʻlgan qadimiy kanal[2]. Andijon viloyatining koʻpgina tumanlarining ekinzorlarini suv bilan taʼminlashga xizmat qiladi[3]. Geograf Anatoliy Reyngard Andijonsoyni (Shahrixonsoy bilan birga) sunʼiy yaratilgan daryo sifatida xarakterlagani bois, u koʻpincha daryo deb nomlanadi[4].

Andijonsoy tarixan Oʻsh mahallalari ichidan oʻtib, Andijonga kirib borgan[5]. Andijonsoyga suv Qoradaryodan quyiladi.

Gidrografik xususiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijonsoyning umumiy uzunligi 76,7 kilometr, suv oʻtkazish imkoniyati 45,0 m³/s. Andijon[6] — Janubiy temir yoʻl stansiyasi hududidagi oqim tezligi 0,5 m/s ni tashkil qiladi[2][7].

Andijonsoy qadimiy kanal boʻlib, paydo boʻlishi eramizdan avvalgi 2-ming yillikka toʻgʻri keladi[2]. Kanal Andijon adirlarini kesib oʻtuvchi vodiy orqali oʻtadi[2]. S. Bogatiryovning taʼkidlashicha, kanallar nomidagi "soy" oʻzagi eski daryolar va qurib qolgan irmoqlar negizida barbo etilgan daryolarni anglatadi[8]. Hozirgi Andijonsoy vodiysi hududi boʻylab avvallari tabiiy Akbura daryosi oqib oʻtgan[9]. Uning kanali keyinchalik Andijonsoy kanaliga tutasha boshlagan (hozirda Akbura yuqori oqimdan arib oʻtmoqda). Suv oqimi mavjud boʻlgan davrda tektonik koʻtarilish tufayli Andijonsoy uch pogʻonali vodiy hosil qilgan[10].

Andijonsoy suv quyilish joyidan yuqori qismda mustaqil daryo sifatida, Qoradaryoning suvi quyilishidan unchalik ham qaram boʻlmagan holda harakatlanadi. Bu yerda Andijonsoy asosiy shlyuz berkilgan taqdirda ham qurib qolmaydi va hech qachon muzlamaydi (Qoradaryoning oʻzida qirgʻoq boʻylab qisqa muddatli muz hosil boʻlishi mumkin)[11].

Kanal oqimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijonsoyning Andijon shahri sharqiy chekkasidan oqib oʻtuvchi qismi. Vodiyning janubiy yonbagʻiri koʻrinishi

Andijonsoy taxminan 800[12] metr balandlikdan Andijon suv omboriga suv zahiralash uchun Qoradaryoni toʻsib turuvchi Kampirravot toʻgʻonidan[13] boshlanadi[14].

Kanal gʻarbga tomon oqadi. Andijon shahridan yuqorida esa shimoli-gʻarbga buriladi, soʻngra shahar hududidan shimoliy yoʻnalish boʻylab oʻtadi[1]. Shaharning quyi qismida yana gʻarbga yoʻnaladi, kanal tugash qismidagi qolgan suvlar 460 metr[2][6] balandlikda joylashgan Katta Fargʻona kanaliga quyiladi[1][2].

Xoʻjalikda foydalanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻrgʻontepa, Jalaquduq, Andijon, Oltinkoʻl tumanlaridagi ekinzorlarni suv bilan taʼminlaydi. Shuningdek, kanalning suvi Andijon shahrida Andijon biokimyo zavodining ehtiyoji va gulzorlarni sugʻorish uchun ishlatiladi[3].

Andijonsoydan Ishkol, Joʻraboy, Dehqon, Yangi Koʻtarma, Qatortol, Koʻk Gumbaz, Xoʻtan, Qoʻshariq, Derivatsiya kabi 10 ga yaqin katta-kichik kanallar va 30 ga yaqin mayda dahanalar suv oladi. Andijonsoyda 6 ta yirik suv taqsimlash inshootlari qurilgan (ulardan 3 tasi telemexanika vositalari bilan jihozlangan). Andijonsoydan Andijon tumanidagi va viloyatning boshqa sharqiy hamda gʻarbiy tumanlaridagi, shuningdek, Yomonadir mavzeidagi ekinzorlarga nasoslar yordamida suv chiqariladi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Андижанская область. Справочная политико-административная карта. Масштаб 1:200 000. Ташкент: Госкомгеодезкадастр, 2007. ISBN 978-9943-15-054-6. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Рыжков О. А. Современные тектонические движения в Фергане // Известия АН УзССР. — 1952. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр.
  3. 3,0 3,1 3,2 Andijonsoy — Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent, 2000. 
  4. Рыжков О. А. Новейшие и современные тектонические движения в Фергане // Труды комиссии по изучению четвертичного периода. — Москва: Издательство АН СССР, 1957. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр.
  5. Zahiriddin Muhammad, Bobur. Boburnoma. Toshkent: "Oʻzbekiston" NMIU, 2019 — 13 bet. ISBN 978-9943-25-707-8. 
  6. 6,0 6,1 „Советская система разграфки и номенклатуры топографических карт“, Википедия (ruscha), 2022-12-02, qaraldi: 2023-06-15 K-43-109 Андижан. Масштаб: 1 : 100 000. Состояние местности на 1986 год. Издание 1990 г.
  7. Ilyin 1959, s. 26.
  8. Мурзаев Э. М. Избранная тюркская географическая лексика // Ономастика Востока / Мурзаев Э. М. и др. — Издательство «Наука». Главная редакция восточной литературы, 1980. — Andoza:Бсокр.
  9. Ilyin 1959, s. 136.
  10. Ilyin 1959, s. 154.
  11. Qoradaryo — Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, Toshkent, 2000 - 2005. 
  12. „Советская система разграфки и номенклатуры топографических карт“, Википедия (ruscha), 2022-12-02, qaraldi: 2023-06-15 K-43-111 Джелал-Абад. Масштаб: 1 : 100 000. Состояние местности на 1986 год. Издание 1990 г.
  13. Kampirravot — Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, Toshkent, 2000—2005 — 900 bet. 
  14. Ilyin 1959, s. 134.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ильин И. А.. Водные ресурсы Ферганской долины (ru), 1959 — 154 bet. 
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil