Anbar Otin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anbar Otin — qoʻqonlik shoira. U 18701915-yillarda yashab ijod etgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anbar Otin Farmonqul qizi Qoʻqonda kambagʻal kosib oilasida tugʻilgan. Otasi Farmonqul asli margʻilonlik boʻlib, shoira Uvaysiyning jiyani boʻlgan. Onasi Ashurbibi qoʻqonlik bir kosibning qizi boʻlgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anbar 7 yoshidan boshlab oʻz mahallasidagi Dilshod otinning maktabida taʼlim oladi. Navoiy va Uvaysiylarni ustoz deb hisoblagan. 1905-yilda Anbar Otin devon tuzib, unga 41 gʻazal, 4 muxammas, bir qit’a, bir mustahzod va sheʼriy tarjimai holini kiritgan.

Anbar Otin — lirik shoira. Uning lirikasida sof sevgi tarannum etiladi. U ayol qalbini, his-tuygʻularini oʻziga xos kuylovchi shoira. Shoiraning devoni mavjud.

Shoira ijodida oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy, sotsial muammolari koʻtarib chiqilgan. Istiqbolni kuylovchi mavzular keng oʻrin egallaydi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarlari: „Mushoira“ nomli risola, „Qoralar falsafasi“ („Falsafai siyohon“), „Alifbo“, „Ey goʻzal Fargʻona, oʻzinga kel endi shod qil“ va boshqalar

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Anbar Otin. Sheʼrlar. Risola. Toshkent, 1970.
  • Husainova F. Demokrat shoira Anbar Otin. Toshkent, 1964.
  • Karimov Gʻ. Oʻzbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1975.
  • Oʻzbek adabiyoti tarixi, 5-jildlik, 5-jild. Toshkent, 1980.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]