Anaplazma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anaplazma (Anaplazma) — bir hujayrali sodda organizm. Tanasi yumaloq, diametri 1 mkm gacha. A. nuqtadek boʻlib, qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ni jarohatlaydi. A. faqat mikroskopda koʻrinadi. Eritro-sitda 1 — 4 tagacha A. boʻlib, koʻpincha uning chetida joylashadi. A. oddiy boʻlinish yoʻli bilan koʻpayadi va anaplazmoz kasalligini qoʻzgʻatadi. Qoramol va qoʻy-echkilar qonida parazitlik qiladi.

Anaplasma centrale

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil