Amerika davlatlari tashkiloti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

AMERIKA DAVLATLARI TASH-KILOTI (ADT) — G‘arbiy yarim shar-dagi xalqaro mintaqaviy tashkilot. 1948 y.da Amerika davlatlarining 9-xalqaro konferensiyasida (Bogota sh.) tuzil-gan. ADTga a’zo davlatlar ratifikatsiya qilganidan keyin 1951 y.da kuchga kir-gan. Unga muvofiq, ADTning maqsadi: qit’ada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, a’zo davlatlar o‘rtasida ro‘y beradigan ixtiloflarni bartaraf etish, chetdan tajovuz qilingan taqdirda unga qarshi birgalikda harakat qilish, AQSH, Kanada va Lotin Amerikasidagi jami 33 a’zo mamlakatga taalluqli si-yosiy, huquqiy, iqtisodiy muammolar-ni hal etishga yordam berish, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyot yo‘lida hamkorlik qilishdan iborat. ADTning oliy organi — Tashqi ishlar vazirli-klarining Bosh assambleyasi, ijrochi or-gani — ADTning Doimiy kengashi (Va-shingtonda).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil