Ambliopiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ambliopiya (yun. amblys — oʻtmas, zaiflashgan) — koʻz optik sistemasi, toʻr pardasi yoki koʻruv nervi tolasining bir yoki ikki tomonlama shikastlani-shi natijasida koʻrishning pasayishi. Shikastlanish koʻruv analizatorining koʻz kosasidan boshlab to bosh miyagacha boʻlgan yoʻllaridan qaysi birida so-dir boʻlgan boʻlsa, shunga qarab A.ning turli shakllari yuzaga kelishi mumkin. Mas, shikastlanish xiazma, koʻruv yoʻli va poʻstloq osti koʻruv markazlarida yuz bergan boʻlsa, gemianopsiya ruy beradi. Bunda bemor ikki koʻzi bilan Karaganda shakllarning faqat yarmini, yaʼni yo oʻng yoki chap tomonini koʻradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil