Ambarsumyan Viktor Amazaspovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ambarsumyan Viktor Amazaspovich (1908, Tiflis — 1996, Byurakan) — arman astrofizigi, akad. (1953), Armaniston fanlar akademiyasi akad. (1943), prezidenta (1947-93). LDU astronomiya rasadxonasi direktori (1938 y.dan). Byurakan astrofizika rasadxonasi tashkilotchisi va direktori (1946 y.dan). Nazariy astrofizika asoschilaridan biri. Ilmiy ishlari yulduzlar va galaktikalar kosmogoniyasiga, yulduzlar dinamikasiga, nestandart yulduzlarga, gaz tumanliklariga oid. Ambarsumyan galaktikaning tuzilishini o‘rganishda yangi yo‘nalish ochib berdi, Somon yo‘li tarkibida yangi xil yulduz tizimlari borligini (1947) aniqladi, ularni yulduz assotssatsiyalari deb atadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil