Amancio Amaro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amaro Amansio
Ajman 1968-09-15 stamp - Amancio Amaro.jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Amancio Amaro Varela
Tavallud sanasi 16-oktabr, 1939 (1939-10-16)(74 yosh)
Tavvalud joyi    La-Korunya, Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 176 sm
Ampluasi hujumchi
Klub ma'lumoti
Joriy klub Faoliyatini tugatgan
Professional klublar1
Yillar Klub Isht. (Gollar)*
1947 — 1958
1958 — 1962
1962 — 1976
Flag of Spain.svg Viktoriya (La-Korunya)
Flag of Spain.svg Deportivo La-Korunya
Flag of Spain.svg Real Madrid


343 (120)   
Milliy terma jamoa
1962 — 1974 Flag of Spain.svg Ispaniya 42 (11)
Boshqargan klublari
1982 — 1984
1984 — 1985
Flag of Spain.svg Real Kastilya
Flag of Spain.svg Real Madrid

1 Professional klublardagi gollari
(ichki chempionat) uchun.
* Ishtiroklari (Gollari)


Amaro Amansio Varela (isp. Amancio Amaro Varela; 16-oktabr 1939, La-Korunya) — sobiq ispan futbolchisi, hujumchi.

Faoliyati[tahrir]

Amansio oʻzining futboldagi faoliyatini 15 yoshida oʻzining shahri La-Korunyaning „Viktoriya“ jamoasida boshladi. 1958-yilda u mahalliy hududning asosiy jamoasi „Deportivo“ga oʻtdi. U vaqtda jamoa Segundada ishtirok etardi, qachonki jamoa Primeraga oʻtganida, Amansio ispan klublari orasida eʼtibor yanada oshdi, ular orasida „Real Madrid“ ham bor edi. Santiago Bernabeu shahsan oʻzi La-Korunyaga kelib, Amaroni „Real“ tarkibiga qoʻshilishiga koʻndirdi. 1962-yili Amansio Madridga koʻchib oʻtdi. Oʻsha vaqtlar „Real“ uchun qiyin davrlar edi, jamoa qayta tarkib topayotgan, yangi oʻyinchilar jalb qilinayotgan davr edi. Shuningdek. Amansio qoʻshilgan yili „Real“ga Ignasio Soko, Lyusyen Myullar va Yanko Dautsiklar ham tarkibga kelib qoʻshilgan. Amansio yangi jamoasidagi debyutini „Betis“ga qarshi oʻtkazdi (5:2 "Real foydasiga), biroz keyinroq esa birinchi yevropa chempionati uchrashuvini „Anderlext“ga qarshi oʻtkazdi (3:3). 1963/64 mavsumda Amansio „Real“ni Yevropa chempionlari kubogi finaligacha yetaklab bordi, ammo finalda „Milan“ga 1:3 hisobida magʻlubiyatga uchradi. Keyingi mavsumda esa „Real“ chorakfinalda „Benfika“ga yutqazib, musobaqadan chiqadi. 1965/66 mavsum esa omadliroq keldi, „Real“ murabbiy Migel Munyos va maydondagi Amaro Amansio bilan finalgacha chiqdi, 1966-yil 11-may kuni finalda „Partizan“ klubi bilan uchrashuv kutib turgan edi. Oʻyinda birinchi „Partizan“liklar hisobni ochdi, ammo 70-daqiqada Amansio himoyachini aldab oʻtib, javob toʻpini kiritdi. Oʻyinning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganda, Serena 30 metrlardan tepgan toʻpi gol bilan yakunlanib, „Real“ning gʻalabasini taʼminladi. Bu Chempionlar Kubogi Amansio faoliyatidagi yagona kubok boʻlib qoldi.

Terma jamoada Amansio 1962-yilda Ruminiya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda oʻz debyutini oʻtkazdi. Jami u terma jamoa libosini 42 marta kiygan va 11 ta gol urgan. U 1964-yilda oʻtkazilgan Yevropa chempionatida jamoasining asosiy oʻyinchisi boʻldi va finalda SSSRni 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib, Yevropa chempioni nomiga sazovor boʻldi.

Futbol bilan xayrlashib, Amansio jamoani tark etmadi. U avvaliga „Real“ning oʻsmirlar jamoasiga murabbiylik qildi, lekin jamoada bir yil ishlab, jamoani tark edi. 1982-yilda „Qirollik klubi“ga yangi saylangan prezident Luis de Karlos Amansioga ikkinchi jamoa „Real Kastilya“ni boshqarishni taklif etdi va Amaro rozi boʻldi. Ikkinchi mavsumning oʻzidayoq u Segunda chempionligini qoʻlga kiritdi. Uning jamoasida keyinchalik mashxur oʻyinchilar — Butraguenyo, Michel, Manuel Sanchis, Martin Vaskes, Pardesa va boshqalar ham oʻynadi. 1985/86 mavsumda Amaroga asosiy jamoani boshqarish taklif etildi, ammo jamoa musobaqalarda omadsiz qatnashdi va Amansio lavozimidan boʻshatildi. 2000-yilda oʻtkazilgan jamoaga prezidentlik saylovida aynan Amansioning ovozi hal qiluvchi ovozga ega boʻldi va jamoa prezidenti Florentino Peres etib saylandi. Peres ham oʻz navbatida Amaroga minnatdorchilik sifatida uni „Real“ning yuz yilligini nishonlash marosimining tashkiliy ishlariga mas’ul etib tayinladi.

Erishgan natijalari[tahrir]

Jamoaviy[tahrir]

Shahsiy[tahrir]

  • Ispaniya chempionati bombardiri: 1969 (14 ta), 1970 (16 ta)

Havolalar[tahrir]