Aloqa kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aloqa kanali — uzatuvchi mos-lamadan qabul qiluvchi moslamaga turli ma’lumotlar uzatishni ta’minlovchi tex-nik qurilmalar to‘plami. Uzatuvchi mos-lama axborotni signalga aylantirib, A.k.ning kirish qismiga uzatadi, qabul qilingan signal bo‘yicha A.k. chiqishida qabul qiluvchi moslama uzatilgan ax-borotni qayta eshittiradi. Uzatuvchi moslama, A.k. va qabul qiluvchi moslama aloqa tizimini hosil qiladi. Aloqa ti-zimi vazifasiga ko‘ra, telegraf, tovush eshittirish, televizion, fototelegraf (faksimil), telegraf, telemetrik va b.ga; signallar tarziga ko‘ra, uzluksiz va diskretli xillarga bo‘linadi. Uzatish trakti sifatida turli liniyalar (simli, radio, radioto‘lqinli va b.)dan foydala-niladi. Bir A.k.da bir necha aloqa lini-yasi bo‘lishi mumkin.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil