Alloxton
Alloxton (yun. allos — boshqa va chthon — yer) — togʻ jinslari majmuasining paydo boʻlgan joylaridan maʼlum geologik jarayonlar sababli yangi oʻringa — avtoxton jinslar ustiga qiyalik va koʻpincha toʻlqinsimon yuza boʻylab sil-jishi (koʻchishi) va qaytadan yotqizilishi. Sirt boʻylab siljish bir necha km dan 100 km gacha boʻlishi mumkin. A. tektonik qoplamalar hosil qiladi. A. hodisasi koʻproq koʻmir konlarida kuzatiladi (qarang Avtoxton).
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |