Alkinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alkinlar — molekulasida uchlamchi bog‘ bo‘lgan atsetilen qatori to‘yinmagan uglevodorodlari, umumiy formulasi CnH2n-2. Ularning birinchi vakili atsetilen CH≡CH dir. Atsetilendagi vodorod alkil radikallar bilan almashtirilsa, molekulasida uchlamchi bog bo‘lgan gomologik qator hosil bo‘ladi. Uning birinchi gomologi metilatsetilen CH3—C≡CH; ikkinchisi etilatsetilen CH3—CH2-C≡CH va hokazo.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil