Alkaloidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alkaloidlar — o‘simliklarda, kamdan-kam hollarda hayvonot orga-nizmida uchraydigan va asos xossasiga ega bo‘lgan azotli organik birikmalar. Shular jumlasidan morfinni birinchi marta (1806) nemis aptekari Sertyurner ko‘knori shirasi (afyun)dan ajratib oddi. Shundan keyin olimlar o‘simliklar ta-nasida neytral va kislota xossasiga ega bo‘lgan kimyoviy birikmalargina emas, balki asos xossasiga ega bo‘lgan modda-lar ham mavjud degan xulosaga keldilar. 19-a.da strixnin, xinin, kofein, atro-pin, efedrin va b. ajratib olindi. 20-a.ning 60-y.larda 1000 dan ziyod tabiiy va sun’iy yo‘l bilan olingan A. ma’lum edi. A. o‘simliklar hayotini boshqarib tura-digan faol moddalardir. Aksariyat A. rangsiz kristall moddalar bo‘lib, kimyo-viy tabiatiga ko‘ra halqasida azot atom-lari bo‘lgan geterotsiklik birikmalar hisoblanadi. Oddiy A. tarkibida 10 ga yaqin, murakkablarida 50 dan ziyod ugle-rod atomlari buladi. A. sulfat, xlorid, salitsilat, oksalat va b. kislotalar bilan kristall tuzlar hosil qiladi; bu jara-yondan ularni tozalash va olishda foyda-laniladi. A.ga ishqoriy xossa beradigan element azotdir. A. sohasida O‘zbekiston olimlaridan akad.lar S. Yu. Yunusov va O. S. Sodiqovning o‘z shogirdlari bilan bu soxdda qilgan ishlari ancha salmoqlidir. S. Yu. Yunusov kashf etgan qonuniyatga ko‘ra, A. erta bahorda o‘simlikning yer usti qismlariga, kuz faslida bir yil-lik o‘simliklarning urug‘iga, ko‘p yil-lik o‘simliklarning esa piyozi, ildizi va urug‘iga miqdor jihatidan eng ko‘p yig‘iladi. 1943—93 y.larda O‘zbekiston FA O‘simlik moddalari kimyosi institutida S. Yu. Yunusov rahbarligida 29 oila-345ga mansub 266 o‘simlik turi o‘rganilib, ulardan 913 alkaloid ajratib olindi. Turli guruhlarga kiruvchi 518 yangi al-kaloidning tuzilishi aniqlandi. Si-tizin, galantamin, likorin kabi prepa-ratlarning i.ch. texnologiyasi ko‘rsatib berildi, xolinesterazaga qarshi dezok-sipeganin gidroxlorid preparati Tosh-kent kimyo farmatsevtika zavodida ishlab chiqarila boshlandi. Aritmiyaga qarshi diterpin alkaloidi asosida prepa-ratlar olishning yangi yo‘nalishlari ochildi. Bu preparatlardan allapinin tibbiyot amaliyotida qo‘llana boshladi. Tibbiyot-biologiya tadqiqotlari uchun bir qator bioreaktiv preparatlar (bi-bikulin, akonitin, geliotrin, imperi-alin) olishga muvaffaq bo‘lindi. Ayni vaqnda yana bir yangi yo‘nalish — zaharli zamburug‘lardan alkaloidlar ajratib olish ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tibbiyotda turli kasalli-klarni davolashda yuzdan ortiq A. (mor-fin, kodein, kofein, efedrin, strixnin, kolhamin, atropin, kokain, galantamin, sitizin va q.k.) qullanilmoqda. A.ning ba’zilari (mas, anabazin va nikotin sulfat) q.x.da insektitsid sifatida ishlatiladi. Kashandalik va bangilik-ning "sababchisi" ham A.dir. Tarkibida A. bo‘lgan begona o‘simliklarning ba’-zilari (mas, kukmaraz va kampirchopon) g‘alla ekinlari orasida o‘sadi, don bu o‘simliklar urug‘idan tozalanmay iste’-mol qilinsa, odam va hayvonlar og‘ir ka-salliklarga chalinishi mumkin.Ad:. Orexov A. P., Ximiya alkaloidov, M., 1955; Itogi issledovaniya alkaloi-donosnix rasteniy, T., 1993.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil