Aliment

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aliment (lot. alumentum — qaramogʻidagi, boqimidagi) — bir shaxsning boshqa shaxsga majburan yoki ixtiyoriy ravishda toʻlaydigan nafaqasi. A. toʻlash majburiyatlari asosan nikoh, qarindoshlik, ota-ona, farzandlik, far-zandlikka olish, bolalarni tarbiyaga olish natijasida kelib chiqadi. Ota-onalar hamda bolalarning A. borasidagi huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi (1998-yil 30-aprel) va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-qoidalar asosida amalga oshiriladi. Ularga binoan ota-ona voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berishi shart. Mazkur majburiyatini ixtiyoriy ravishda ba-jarmagan ota-onadan sudning hal qiluv qaroriga asosan A.undiriladi. Voyaga yetmagan bolalarga A. toʻlash haqida ota-onalar oʻrtasida kelishuv boʻlmaganda yoki A. ixtiyoriy ravishda toʻlanmaganda va ota-onadan birortasi ham A. undirish toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan mu-rojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan bolaning taʼminoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda A. undirish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatishga haqlidir. Voyaga yetmagan bolalariga A. toʻlash va ularga, shuningdek voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga taʼminot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir. Voyaga yetmagan bolalariga taʼminot uchun A. toʻlash tartibi va shakli haqida ota-ona 325oʻrtasidagi kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning manfaatlariga zid boʻlmasligi kerak. Agar voyaga yetmagan bolalariga taʼ-minot berish haqida ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmasa, ularning taʼmino-ti uchun A. sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) b. daro-madning 1 bola uchun — 1/4 qismi; 2 bola uchun — 1/3; 3 va undan ortiq bola uchun yarmisi miqdorida undiriladi. Bu toʻlovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvoli va boshqa eʼti-borga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki koʻpaytirilishi mumkin. Har bir bola uchun undiriladigan A. miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining 1/3 qismidan kam boʻlmasligi kerak. Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga taʼminot be-rish ham ota-onaning kelishuviga binoan amalga oshiriladi, kelishuvga erishil-magan taqdirda esa nizo sud tartibida hal qilinadi. Bunday bolalarga undiriladigan A. miqdori A. toʻlashi shart boʻlgan ota-onaning oilaviy va moddiy ahvoli sud tomonidan hisobga olinib, har oyda pul bilan toʻlanadigan katʼiy sum-mada belgilanadi. Ota-ona favqulodda holatlar (bolaning ogʻir shikastlanishi, kasal boʻlishi va boshqalar) tufayli kelib chiqqan, bolaning taʼminoti uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha harajatlarda ishtirok etishi shart. Qoʻshimcha harajatlarda ishtirok etishdan bosh tortgan ota(ona)dan sud ularning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olib, qoʻshimcha hara-jatlarni qisman pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada undirish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida olingan barcha turdagi daromadlardan A. ushlab qolinadi. Ota-onadan bolalarga undiriladigan A. miqdori A. toʻlovchining oylik ish haqiga va (yoki) b. daromadiga nisbatan ulushlar hisobida yoki pul bilan toʻlanadigan qatiy sum-mada belgilanishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi OK, 96-104-moddalar).Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli far-zandlar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj oʻz ota-onasiga taʼminot be-rishlari va ular toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishlari shart. Ota-onasining davlat va nodavlat muassasalari karamogʻida ekanligi voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalarni ota-ona haqida gʻamxoʻrlik qilish va ularga moddiy yordam koʻrsatish majburiyatidan ozod qilmaydi. Ular bunday yordam berishdan boʻyin tovlasalar, taʼminot miqdori bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv qaroriga aso-san belgilanadi. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan A. miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining 1/3 qismidan kam boʻlmasligi kerak (Oʻzbekiston Respublikasi OK, 109-110-moddalar).Oila aʼzolari va boshqa shaxslarning, er-xotinlar va sobiq er-xotinlarning, qarindoshlar va boshqa shaxslarning A. maj-buriyatlari, A. toʻlash toʻgʻrisida kelishuv tuzish, A. larni toʻlash va undirish tartibiga oid qonun-qoidalar OKning V boʻlim, 14-18-boblarida belgilab be-rilgan. Ana shunga koʻra, A. toʻlashi shart boʻlgan shaxs A.ni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki oʻz arizasiga muvofiq ish-lab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablagʻ olayotgan joyida toʻlaydi. Voyaga yetmagan bolalar uchun olinadigan A. arizaga muvofiq ushbu kodeksning 99-moddasida belgilangan miqdorlarda ushlab qolinadi. A. toʻlovchining ish, oʻqish joyi yoki turar joyi oʻzgarganligi haqida xabar qilish majburiyati ham bor. Bu majburiyat boʻyicha A. ushlab qolishi lozim boʻlgan ish beruvchi (tashkilot maʼmuriyati) uch kun muddat ichida xabar berishi kerak. Shuningdek A. toʻlashi shart boʻlgan shax-sning qoʻshimcha ish haqi yoki boshqa daro-madi toʻgʻrisida sud ijrochisi hamda A. 326oluvchi shaxs yuqorida koʻrsatilgan muddatda xabardor qilinadi. A. toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi JK 122 va 123-moddalarida koʻrsatilgan. Moddiy yordamga muhtoj boʻlgan, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash, yaʼni sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami 3 oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamaganlikda ayb-li deb topilgan shaxs eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda ja-rima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq bilan jazolanadi. Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj boʻlgan ota-onani yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarni moddiy taʼminlashdan shunday boʻyin tovlashi ham yuqoridagicha jazolanadi.

Prezidentning „Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmoniga asosan 2021-yil 1-martdan aliment undirish tartibi oʻzgardi. Mazkur farmon bilan 1-martdan boshlab ijro hujjatlari boʻyicha aliment majburiyatlarini bajarish qarzdorlar tomonidan Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi orqali amalga oshirilishi belgilandi. Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi aliment majburiyatlari boʻyicha alohida bank hisob varagʻi bilan birlashtiriladi. Bunda Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro hujjatlari boʻyicha undiruvchi (aliment oluvchi) nomiga tegishli bank plastik kartasi ochiladi hamda aliment pullari, shu jumladan, qarzdorning ish haqidan ushlab qolingan aliment pullari ushbu aliment majburiyatlari boʻyicha alohida bank hisob varagʻi orqali mazkur bank kartasiga oʻtkaziladi[1].

Fuqarolarning hujjatlarsiz ishlaydigan qatlami bilan aliment undirilish tartibi belgilangan. Unga koʻra, noqonuniy tartibda ishlovchi (bozor, chet eldagi, daromadi roʻyxatga olinmaydigan) fuqarolar daromadlari axborot tarmoqlariga koʻra monitoring qilinadi. Fuqaroning toʻlayotgan soligʻi, bankka topshirgan naqd pullaridan kelib chiqib uning oʻrtacha daromadi hisoblab chiqiladi. Xorijdagi ishchilar daromadi xorijdagi hamkorlar orqali muayyan davrdagi daromadlarni aniqlash ishlari amalga oshiriladi. Umumiy daromadlardan kelib chiqib, aliment toʻlovchining qarzdorligi aniqlanadi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil