Ali Hamroyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ali Hamroyev
Tavalludi sanasi: 19-may, 1937 (1937-05-19)(77 yosh)
Tavalludi joyi: Toshkent, O‘zbek SSR
Fuqaroligi: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi: rejissor va ssenariychi
IMDb: ID 0451134

Ali Ergashevich Hamroyev (1937-yil, 19-may, Toshkent) — taniqli oʻzbek rejissori, ssenariychisi va aktori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1971). Hamroyev 1960- va 1970-yillarda olgan filmlari bilan SSRIda shuhrat qozongan.[1] Ali Hamroyev shu kungacha 30 dan oshiq hujjatli film va 20 dan oshiq badiiy film yaratgan.[2]

Hamroyevning eng mashhur filmlari „Yor-Yor“ (1964), „Soqchi“ (1972), va „Vuodillik kelin“ (1984) filmlaridir. Hamroyevning „Bo Ba Bu” (1998) filmi koʻplab Yevropa mamlakatlarida namotish qilingan. 2010-yil Hamroyev oʻzining yangi filmida Jack Nicholson Amir Temur rolini oʻynashga rozi boʻlganini eʼlon qildi.[3]

Hayoti[tahrir]

Ali Hamroyev 1937-yil 19-mayda Toshkenda tugʻilgan. Otasi Ergash Hamroyev. Ali Hamroyev Moskvadagi Gerasimov nomli Kinematografiya Institudida (VGIK) tahsil olgan. VGIKni 1961-yil tugatgan.

Ijodi[tahrir]

Hamroyev 1961-yildan „Oʻzbekfilm“da rejisssor boʻlib ishlay boshlagan. „Bolalar haqida kichik hikoyalar“ uning birinchi filmi. Ali Hamroyev „Yor-yor“, birinchi oʻzbek film-operasi „Dilorom“, „Laylak keldi, yoz boʻldi“, „Qizil qum“, „Favqulodda komissar“, „Shijoat“, „Yettinchi oʻq“, „Muxlis“, „Inson qushlar ortidan boradi“ (Dehli festivalida „Eng yaxshi rejissura uchun“ sovrinini olgan, 1977), „Mevazorlik ayol“ kabi filmlari bilan tanilgan. Shuningdek, „Salom, Bahor!“, „Turkiston“, „Oʻzbekiston“, „Toshkent jasorati“ va boshqa hujjatli filmlarga ham rejisorrlik qilgan.

Filmografiyasi[tahrir]

Rejissor sifatida[tahrir]

  • Ruscha: «Маленькие истории о детях, которые...» (1961)
  • Ruscha: «Любит - не любит?/Первое признание» (1964)
  • „Yor-Yor” (Ruscha: «Где ты, моя Зульфия?») (1964)
  • Ruscha: «Белые, белые аисты» (1966)
  • „Dilorom” (1967)
  • Ruscha: «Бабушка, пяти тысяч внуков» (1967)
  • Ruscha: «Красные пески» (1968)
  • Ruscha: «Чрезвычайный комиссар» (1970)
  • Ruscha: «Без страха» (1971)
  • Ruscha: «Седьмая пуля» (1972)
  • Ruscha: «Поклонник» (киноальманах) (1973)
  • Ruscha: «Человек уходит за птицами» (1975)
  • Ruscha: «Годы братства и испытаний. Узбекистан 1941-1945» (1976)
  • Ruscha: «Триптих» (1978)
  • Ruscha: «Телохранитель» (1979)
  • Ruscha: «Жаркое лето в Кабуле» (1983)
  • „Vuodillik kelin” (Ruscha: «Невеста из Вуадиля») (1984)
  • Ruscha: «Я тебя помню» (1985)
  • Ruscha: «Сад желаний» (1988)
  • „Kim jinni?” (Ruscha: «Кто сумасшедший?») (1992)
  • Ruscha: «Место под солнцем/Казино "Надежда"» (2004)
  • Ruscha: «Артисты» (2007)

Ssenariyhi sifatida[tahrir]

  • Ruscha: «Белые, белые аисты» (1966)
  • „Dilorom” (1967)
  • Ruscha: «Чрезвычайный комиссар» (1970)
  • Ruscha: «Без страха» (1971)
  • Ruscha: «Эшмат - добрый ангел» (1979) (qisqa film)
  • Ruscha: «Телохранитель» (1979)
  • Ruscha: «Стрелять сгоряча не стоит» (1983)
  • „Vuodillik kelin” (Ruscha: «Невеста из Вуадиля») (1984)
  • Ruscha: «Я тебя помню» (1985)
  • „Kim jinni?” (Ruscha: «Кто сумасшедший?») (1992)
  • „Bo Ba Bu” (1998)

Aktor sifatida[tahrir]

  • „Kira” (2003)
  • Ruscha: «Место под солнцем/Казино "Надежда"» (2004)

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]