Ali Bobo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ali Bobo (arabchaعلي بابا)-sharq xalqlarining iste’dodi, aql-zakovati bilan yaratilgan «Ming bir kecha» turqumiga kiruvchi «Ali bobo va qirq qaroqchi. ..» ertagini kattalar ham, kichiklar ham sevib oʻqiydi. «Ming bir kecha» turkumidagi ertaklarning asosini VIII asrda eroniy xalqlar orasida keng tarqalgan «Ming afsona», «Xazor afsona» turkumidagi ertaklar tashkil etgan. Keyinchalik bu asarlar fors-tojik tilidan arab tiliga tarjima qilingan va Sharqu G’arbda keng tarqala boshlagan. Bagʻdodlik adib al-Yaxshiyoriy (942 yilda vafot etgan) «Ming afsona» namunalari asosida oʻzining «Ming kecha» nomli turkum ertaklarini yaratishga kirishgan. U ertaklar sonini mingtaga yetkazishga intilgan, biroq bor-yoʻgʻi 480 ta ertakni jamlay olgan. «Ming bir kecha» turkumi faqat XVII asrga kelib hozirgi koʻrinishda shakllangan va tugallangan asar sifagada keng tarqala boshlagan.

«Ming bir kecha» da Shahrizoda tomonidan aytilgan ertaklar oʻz mazmuni, qnhramon va personajlari silsilasi, tasvir uslubi nuqtai nazaridan farq etsa-da, qoliplovchi hikoya tarzida bitilgan, yagona maqsadga boʻysundirilgan. Jumladan, unda hind Sindbod, turkiy Ali bobo, eroniy Shahrizoda, Shohzamon, Bahrom, Rustam, Ardasher, Shopur, arab xalifa Horun ar-Rashid, vazir Ja’far, «bir soatlik xalifa» Abulhasan va hokazo xalqlarga mansub ertak qahramonlarining sarguzashtaari hech kimni befarq qoldirmaydi. «Ali bobo va qirq qaroqchi...» ertagida Ali bobo xonadon a’zolarining taqdiri, ularning qaroqchilar kirdikorlariga qarshi olib borgan kurashiga tegishli voqea-hodisalar gʻoyat qiziqarli yoʻsinda tasvir etiladi. O’z fazilatlariga koʻra Marjona ertakdagi eng jozibali va ibratli obrazlardan biridir.

«Ali bobo va qirq qaroqchi...» ertagini oʻzbek tiliga Abdulla Qahhor mehr-muhabbat bilan oʻgirgan. Ertakdagi tilsim nomi «Sezam»dir. Quyidagi soʻzlar ham shu ertaqdan olingan: «Pul nitota tegadigan oʻq va soʻzi oʻtkir dallol» - degan ekan mashoyixlar». ...«Sirni saqlamoq avliyolar xislatidir».

Ertak qahramonlari[tahrir]

Ali-Baba.jpg

Ali bobo («Biron dirhami, biron dinori, uy-joy va mulki boʻlmagan faqir bir ayolga uylangan, otasidan qolgan merosni qisqa muddat ichida sarf qilib boʻlgan, shundan keyin muhtojlik va qashshoqlik mashaqqatini tortgan, tirikchilik qilgani chora topolmay garang boʻlib qolgan» qahramon), Qosim (ochkoʻzlikdan halok boʻladi, u xazinani oʻmarish uchun 10 ta eshak va har bir eshakka ikkitadan boʻsh sandiq osib borgan. Qosimning jasadi gʻassollarga koʻrsatilmay dafn qilingan), Qosimning xotini (Ali boboning topib olgan boyligiga dastlab uning hasadi keladi), Choʻri qiz Marjona (Qosimning choʻrisi, qaroqchilar sardorini raqs paytida pichoq urib oʻldirgan. U ertakdagi eng faol qahramon. Ertakda tasvirlanishicha, u «Shohona kimxobdan nimcha kiyib olgan va oʻziga oro bergan, turli qimmatbaho toshlar bilan ziynat berilgan oltin qamar bmini qisib turar edi. Uning boshida inju bilan ziynatlangan durra, boʻynidagi zumrad, yoqut, zabarjad va marjon anordek koʻkraklariga tushib turar, bu ziynatlar oʻziga nihoyatda yarashgan, chehrasi bahorning ilk tabassumiga oʻxshar edi», «Bu joriya benazir, uning oʻxshashi yoʻq, har ishga mohir, xizmatga komil, barcha san’atdan xabardor, latofat, zarofat va farosat mislsizdir...»), qarokchilar sardor, Fidoyi qaroqchi (shaharga savdogar qiyofasida kelgan birinchi qaroqchi), Ahmadulgʻabdon (shaharga kelgan ikkinchi qaroqchi), Shayx Mustafo (toʻrt pora qilib tashlangan Qosimning jasadini butlab bergan, «ancha yoshga borgan, oʻrta boʻyli, xumkalla, soqol-moʻylovi uzun kavushdoʻz»), Nilchi (tabib), Muhammad (Ali boboning oʻgʻli, ertak oxirida Marjonani nikohiga olgan. Qaroqchilar mahv etilgach, Alibobo xazinaga oʻgʻli Muhammad bilan bilan boradi) va boshq.

Galereya[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Ziyo sayti