Ali Ar-Rizo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ali Ar-Rizo, Ali ibn Muso (765 yoki 770—818) — shialarning sakkizinchi imomi. Madinada yashagan. 816 y.da xalifa al-Maʼmun moʻʼtadil shialar bilan ittifoqlashish va ular yordamida oʻz hokimiyatini mustahkamlash maqsadida A. ar-R.ni taxt vorisi deb eʼlon qilgan. Lekin bu ittifoq uzoqqa choʻzilmagan. Sunniylar bunga qarshi harakat boshlagan. Xalifa shialar bilan munosabatini uzgandan keyin A. ar-R. Xurosonda Tus sh. yaqinidagi Nukan qishlogʻida zaharlab oʻldirilgan va Sanobad qishlogʻiga dafn qilingan, keyinchalik uning qabriga maqbara barpo etilgan va shialar uchun ziyoratgoh, asosiy muqaddas joylardan biriga aylangan. Qabr joylashgan qishloqqa A. ar-R. sharafiga Mashhadi Ali Rizo nomi qoʻyilib (A.ar-R. shahid boʻlgan joy), u yirik shahar (hoz. Mashhad)ga aylangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil