Algologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Algologiya (lot. alga — suvo‘t, yun. logos — ta’limot), fikologiya — botanikaning suv o‘tlarini o‘rganadigan bo‘limi. A.ning o‘rganish ob’ekti bir hujayrali mikroskopik o‘lchamdagi pro-kariot (ko‘k-yashil suv o‘tlari, proxlor-fitsimonlar) hamda ko‘p hujayrali yirik (uz. 60 m gacha) eukariot (yashil, sariq-yashil, qo‘ng‘ir, qizil va b.) orga-nizmlardir. Mikroskopik kattalikdagi suv o‘tlari ba’zan mikrobiologiyaning o‘rganish ob’ekti hisoblanadi. A.ning mustaqil fan sifatida rivojlani-shi 19-a.ning ikkinchi yarmida ota-bo-la Agerdlar hamda Kyutsin de Bari, G. Tyure, N. Prins-geym, L. S. Sentkovskiy-ning suv o‘tlarining morfologiyasi va sistematikasi sohasidagi tadqiqotlari bilan bog‘liq, 20-a.ning ikkinchi yarmida suv o‘tlaridan tibbiyot, q.x., oziq-ovqat va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida foydalanish borasida erishilgan muvaffaqiyatlar A.ning tez sur’at bilan rivojlanishiga olib keldi. O‘rta Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda A.ning rivojlanishi akad. A. M. Mu-zaffarov nomi bilan bog‘langan. Uning bevosita ishtiroki va rahbarligida 373O‘zbekiston algoflorasining tarkibi o‘rganilib, natijada ularning tarqalish qonuniyatlari kashf etildi. Suv o‘tlarni sun’iy yo‘l bilan ko‘paytirib, ulardan xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida foy-dalanish mumkinligi ilmiy tomondan tahlil qilindi. O‘zbekistonda algof-lorani rivojlantirishga qaratilgan yi-rik ilmiy asarlar nashr etildi. "O‘rta Osiyo tog‘ suv havzalarining suvo‘tlar florasi", "Suvo‘tlarning geografik tarqalishi", "O‘rta Osiyo ko‘k-yashil so‘vo‘tlari aniqlagichi", "Xlorella va uni qo‘llash", "O‘rta Osiyo suv havzalari va algoflorasining rivojlanishi va tarqalish qonuniyatlari", "O‘rta Osiyo protokokk suv o‘tlari aniqlagichi" kabi qator asarlar shular jumlasidan-dir. Bu sohadagi ishlar ayni vaqtda O‘zbekiston FA Botanika institutida davom ettirilmoqda.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil