Aleziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aleziya — qad. gallar shahar-qal’asi (hozirgi Dijon yaqinida, Fransiya). Mil. av. 52 yilda gallar qoʻzgʻoloni pay-tida Yu. Sezar qamal qilgan. Gallar Versingetorig rahbarligida A.ni mar-dona himoya qilganlar, ammo rimliklarning harbiy kuchi, texnikasining ustun-ligi tufayli, shuningdek oziq-ovqat yetishmovchiligi natijasida taslim boʻlganlar. Shu bilan Galliyani zabt etish yakunlangan. Arxeologik qazishmalar (1860-yildan) natijasida Sezar bunyod etgan qamal inshootlari va xandaqlar ochilgan. Jang maydonidan Rim va gallar qurol-yarogʻlari, tangalar (mil. av. 52 yil) topilgan. Shahar Rim davrida ham mav-jud boʻlgan: Rim teatri, ibodatxona va boshqa ochilgan. Oʻrta asrlarda shahar huvillab, boʻshab qolgan. Hozir A. oʻrnida Aliz sh. harobasi va Aliz-Sent-Ren qishlogʻi joylashgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil