Oqqanotlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aleyrodidlardan yoʻnaltirildi)

Oqqanotlar, aleyrodidlar (Aleyrodinae) — tengqanotlilar turkumiga mansub hasharotlarning kenja turkumi. Tanasining uz. 1,3—1,8 mm. Voyaga yetgan individlari juda harakatchan; oq unsimon gʻubor bilan qoplangan qanotlari bor. Moʻylovlari 3—7 boʻgʻimli. Ogʻiz apparati soʻruvchi tipda. Chala oʻzgarish bilan rivojlanadi. O. namsevar hasharotlardir, shuning uchun havo haroratining oshishi va nisbiy namlikning pasayishi ularning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Oʻzbe-kistonda issiqxona O. (Trialeurodes vaporarioum Westw.) va gʻoʻza yoki tama-ki O. (Bemisia tabaciu) nisbatan yaqinda paydo boʻlib, asosan, issiqxonalardagi oʻsimliklarga zarar keltira boshladi. Birok, keyingi yillarda ular ochiq daladagi sabzavot ekinlarga ham keng tarqalmokda. Sugʻorma dehqonchilik mintaqalarda yiliga 7—8 avlod beradi. O. lichinkasi hujayra shirasini soʻrib, oʻsimlik rivojiga salbiy taʼsir qiladi va ular ajratgan yopish-qoq suyuqlikda qorakuya zamburugʻlari taraqqiy etib, assimilyasiya jarayonini susaytiradi, shu tariqa O. ikki taraflama zarar keltiradi. Oqqanotlar: yetuk issiqxona oqqanoti va bargdagi hasharotlar. Kurash choralari: aktellik (0,15%), karbofos (0,2%), BI-58 (0,15%) va piretroidlar (prometrin, simbush, detsis, sumialfa, rovikurt va boshqalar) purkash; issiqxonalarda 1—3 yoshdagi lichinkalarga karshi entomo-patogen zamburugʻ — ashersoniya, katta yoshdagi lichinkalarga karshi esa enkarziyadan foydalanish tavsiya etiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil