Aleksandr Butlerov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aleksandr Mixaylovich Butlerov [1828.25. 8 (6. 9), Chistopol sh. 1886. 5 (17). 8, Butlerovka qishlogʻi, hozirgi Tatariston Respublikasi] — rus kimyogari, N. N. Zmniiningshogirdi. Qozon universitetini bitirgan (1849). Peterburg universiteti professor (1869-yildan), Peterburg Fanlar Akademiyasi ordinator akademik (1874-yildan). Organik moddalarning kimyoviy tuzilishi nazariyasi asoschisi. Bu nazariyaga koʻra organik moddalarning xossalari molekulalardagi atomlar boglari tartibi, tuzilishi hamda ularning oʻzaro taʼsiriga muvofiqaniqlanadi. Birinchi boʻlib izomeriya hodisasini tushuntiribbergan (1864). Izobutilen polimerizatsiyasini kashf etgan. Uchlamchi butil spirt (1864), izobutan (1866) va izobutilenlarni (1867) sintez qilib, ularning tuzilishini aniqlagan. Bogʻdorchilik, asalarichilik, Kavkazda choy yetishtirish bilan ham shugʻullangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil