Albukerki Afonsu d’

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ALBUKERKI (A1iyaiyegyaiye) Afonsu d’ (1453, Aleksandriya, Lissabon yaqinida — 1515.15.12, Arabiston dengi-zi, Goa yaqinida) — portugaliyalik istilochi, Hindiston vitse-qiroli (1510—15). Ost-Indiyadagi Portugaliya mustamlaka imperiyasi asoschisi. 1503 y. Kochin sh.da portugal flotiliyasiga qoʻmondon boʻlib, fort qurgan. 1506 y. Tristan da Kunyaning ekspeditsiyasida qatnashgan, uning ixtiyorida eks-peditsiyadagi 16 kemadan 5 tasi boʻlgan. 1507 y. Fors qoʻltigʻidagi Hoʻrmuzki bosib olgan, biroq uni qoʻlda tutib tura olmagan. 1510 y. Goani egallab olib, uni portugaliyaliklarning Sharkdagi istilolarining tayanch punktiga aylantirgan. Dengiz savdo yoʻllarini nazorat qilish uchun 1511 y. Malakkani bosib olgan. A. portugaliyaliklarning Malabar sohillari, Seylon o., Jan.-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga qilgan dastlabki ekspe-ditsiyalariga rahbarlik qilgan. 1513 y. Adanni egallashga uringan, 1515 y. Hoʻrmuzni 2-marta bosib olgan.