Alazeya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alazeya
Tavsif
Uzunligi 1 590
Maydoni 64 700 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Alazeya

Alazeya — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Saxa (Yakutiya) Respublikasining shimoli-sharqidagi daryo. Uzunligi 1590 km, havzasining maydoni 64700 km². A. Alazeya yassi toglarida Nelkan va Kadilchan soylarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, Sharqiy Sibir dengiziga quyiladi. A. oʻzani juda egri-bugri. Daryo quyilish yerida bir qancha tarmoqlarga boʻlingan. A. hav-zasida 24 mingdan ortiq koʻl bor. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Quyilish yerida oʻrtacha suv sarfi 320 m³/sek. Sentabr oxiri — oktabr boshlarida muzlab, may oxiri — iyun boshlarida muzdan boʻshaydi. Eng yirik irmogʻi — Rossoxa.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil