Alash oʻrda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Alash o‘rda — qozoq xalqining milliy ozodlik, mustaqillik uchun kura-shiga rahbarlik qilgan milliy partiyasi va muxtor hukumati (1917 y. apr.— 1920 y. mart). 1917 y. 27 apr.- 7 may kunlari Semey viloyati qozoq vakillarining ken-gashi bo‘lib, unda bo‘lajak Butunqozoq vakillari qurultoyida Qozog‘istonning muxtoriyatini tuzish masalasi ko‘rildi. 1917 y. 21—26 iyul kunlari Orenburgda Butunqozoq vakillari qurultoyi bo‘lib, unda Oqmo‘la, Semey, To‘rg‘ay, O‘rol, Yet-tisuv, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek Ichki Bukey o‘rdasi vakilla-ri ishtirok etishdi. Qurultoyda mamla-katni boshqaruv shakli, qozoq viloyatlari muxtoriyati, yer masalasi, xalq militsiya-si, zemstvo, xalq ta’limi, qozilik, di-niy masalalar ko‘rildi. Qozoq demokra-tii hokimiyatini tuzish, islohotlar, xalqning o‘zini-o‘zi boshqaruvi uchun zaruriy muzoqaralar uyushtirish masa-lalari muhokama qilindi. Qurultoyda qozoqlarning Alash partiyasini tu-zish masalasi ko‘rildi. Alash partiyasi joylarda mahalliy xalq hokimiyatini o‘rnatishga kirishdi. 1917 y. 19 dek.da Yettisuvda hokimiyat mahalliy xalq va-killari qo‘liga o‘tdi. 1917 y.ning 5—13 dek. kunlari Orenburgda Alash parti-yasining navbatdagi uchinchi qurultoyi bo‘lib o‘tadi. Qurultoy 13 dekda poytax-ti Semipalatinsk sh. bo‘lgan A. O‘. muxto-riyatini e’lon qiladi. Alixon Bukeyxon o‘g‘li hukumat boshlig‘i etib saylanadi. Tez orada bu hukumat 27 ming nafar-lik milliy qo‘shin va tartibni saqlash bo‘linmalarini tashkil etdi. Qurultoyda Alash partiyasining dasturi loyihasi qabul qilinib, umumxalq muhokamasi uchun "Qozoq" gaz.da e’lon qilinadi. O‘n bo‘limdan iborat bu hujjatda partiya-ning mamlakat bo‘yicha tuzilishi, mudo-faa, din, ilm-fan yo‘lidagi faoliyati, agrar masala bo‘yicha vazifalar belgi-landi. 1918 y. martida O‘rol viloyatida o‘tkazilgan saylovlarda mustaqillik kuchlari g‘olib chiqdi. Ammo, 29 martga o‘tar kechasi teskari kuchlar va bolshe-viklar harbiy to‘ntarish o‘tkazdilar. O‘rol viloyati ijroqo‘mining 60 nafar 297vakili qamaldi va azoblab o‘ldirildi. Yettisuv viloyatida 1918 y.ning 2—3 martida bolsheviklar Alash partiyasi vakillarini qamoqqa oldilar. Oren-burgda To‘rg‘ay viloyati Sho‘rolarining 1-qurultoyi (1918 y. 21 mart — 3 apr.)da ham bolsheviklar g‘olib chiqdi. Shy kunlari Oqmo‘la uyezdi qozoq vakillari Sho‘rolari qurultoyida bolsheviklar tazyiqi b-n A. O‘. muxtoriyatiga qarshi qaror qabul qilindi. A. O‘. partiyasining Orenburgda chiqib turgan "Qozoq" gaz. yopildi. Uning egallab turgan binosi va mulki musodara qilindi. A. O‘. siyosiy partiyasi tashkilotchilaridan Alixon Bukeyxon (1869—1937) va Mirjaqib Davlat o‘g‘li (1885—1935) kabilar quvg‘in qilinib, ta’qib ostiga olin-di. Oqgvardiyachilar deb atalgan Sibir hukumatini rasmiy tarzda tan olgan A. O‘. hukumati ataman Dutov b-n til birik-tirib Sho‘ro hukumatiga qarshi chiqdi. Dutov tor-mor keltirilgach, Umumqozoq Revkomi qarori b-n A. O‘. 1920 y.ning martida tugatildi.Naim Norqulov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil