Akvarium baliqlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akvarium baliqlari — ak-variumda yashab va koʻpaya oladigan baliqlar. Koʻpchilik turlari maydali-gi, antika qiyofasi va ajoyib rangi bilan boshqa baliklardan ajralib turadi. Aksariyat Akvarium baliqlari tabiiy sharoitda tro-pik va subtropik oʻlkalardagi chuchuk suv havzalarida yashaydi. Dengiz baliklarini akvariumda koʻpaytirish qiyin. Akvarium baliqlari ga karpsimonlar (barbuslar, danio, kardinal va boshqalar), haratsinidlar (neonlar, tetralar va boshqalar), karptishlilar (gambu-ziya, guppi, platipesil, afiosemionlar va boshqalar), okunsimonlar (gurami, ipdorlar, xoʻrozchalar, skalyariylar, sentrarxidlar, sixlidlar va boshqalar), laqqasimonlar (kallixtidlar) oilalariga mansub boʻlgan bir necha yuzlab turlar kiradi. Akvarium baliqlari orasida ayniqsa guppi, danio, barbuslar, skalyariylar, laqqachalar, ne-onlar, nanostomuslar va boshqa mashhur. Akvarium baliqlari ni parvarish qilish va kuzatish organik olamni idrok etishda katta ahamiyatga ega. Akvarium baliqlari ni parvarish qilayotgan bolalar dastlabki mehnat faoliyati koʻnikmasiga ega boʻlishadi, ularda jonivorlarga gʻamxoʻrlik qilish odati shakllanadi. Akvarium baliqlari ustida genetika, biokimyo va bionika sohasida turli tadqiqotlar ham olib boriladi. Mas, guppi va medaklar ustida genetik tadqiqotlar oʻtkazilgan. Uzoq formalarni chatishtirish orqali Akvarium baliqlari ning yangi zotlari chikarilgan. zamo-naviy akvariumlarda ilmiy tadqiqot maqsadlarida har xil baliqlar, jumladan yirik aku-lalar ham boqiladi. Bunday akvariumlarda baliqlarning hayoti, xulq-atvori oʻrganiladi, yangi zotlar chiqarish ustida seleksiya ishlari olib boriladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil