Akvamarin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Asosiy
Formulasi Be3Al2Si6O18
Aralashma modda Temir
Guruh Berill guruhi
Fizik xususiyatlari
Rangi Och ko‘k, yashil, zangori, kulrang ko‘k, yashil ko‘k
Yaltiroqlik Shisha
Shaffoflik Shaffof emas
Qattiqlik 7,5-8
Zichligi 2,67—2,71 g/sm³ g/sm³
singoniyasi Olti burchakli
Akvamarin Vikiomborda

Akvamarin (lot. aqua marina — dengiz suvi) — mineral. Qattiqligi 7,5- 8. Akvamarin 2,63-2,80. Rangi zangori, koʻkimtir-yashil yoki kulrang-zangori. Geksagonal prizmasimon choʻziq shaklga ega. A. granit peg-matitlarida va yuqori temperaturali kvars yerto-mirlarda uchraydi. Akvamarin qimmatbaho tosh, zargarlik buyumlari uchun ishlatiladi. Uning yaroqsiz darz ketgan turlari berilliy olish uchun xomashyo hisoblanadi. Akvamarinning qiymati uning vazni, rangi, kesilishi yoki tiniqligi bilan belgilanadi.

Qirolicha Yelizaveta II 2006-yilda braziliya akvamarinidan tayyorlangan parure taqqan.

Qazib olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akvamarinni Afgʻoniston, Xitoy, Keniya, Pokiston, Rossiya, Mozambik, Qoʻshma Shtatlar, Braziliya, Nigeriya, Madagaskar, Zambiya, Tanzaniya, Shri-Lanka, Malavi, Hindiston, Zimbabve kabi mamlakatlarda topish mumkin. Minas-Jerais shtati akvamarin qazib olinuvchi asosiy manba hisoblanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil