Akulalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akulalar (Selachomorpha) - tog‘ayli baliqlar sinfi plastinka ja-bralilar kenja sinfining katta tur-kumi. Tanasi suyri shaklda, suv tubida yashovchi A. yassi, uz. 15—40 sm dan (ti-kanli qora A.) 15—20 m gacha (gigant A.), og‘irligi 14 t gacha (gigant va kit A.). Tanasi plakoid tangachalar bilan krplan-gan. Jabra yoriqlari 5 (ba’zi turlari-da 6—7) tadan bo‘lib, boshining ikki yonida, og‘zi boshining ostida tanasiga ko‘ndalang joylashgan. Dum suzgichi kuch-li rivojlangan, har xil kattalikdagi (gsterotserkal) ikkita bo‘lakdan ibo-rat. Tishlari ko‘p, uchi o‘tkir. Yirtqich A.ning tishlari juda yirik. Ko‘pchilik A. yirtqich; baliqlar, mollyuskalar va b. hayvonlar b-n, kit va gigant A. esa plan-kton bilan oziqlanadi. A. tuxumdan tirik tug‘adi yoki tuxum qo‘yib ko‘payadi. A. 6 turkumni (har xil tishlilar, ko‘p jabra-lilar, lamnosimonlar, katransimonlar, arraburunsimonlar, skvatinsimonlar), 20 oilani o‘z ichiga oladi. A. Orol va Kaspiy dengizidan boshqa hamma dengiz va okeanlarda, ayrim turlari chuchuk suv havzalari (Gang va Amazonka daryolari, Nikaragua ko‘li)da yashaydi. Qora va Uzoq Sharq dengizlarida tikanli qora A., ya’ni katran, Shim. va Uzoq Sharq dengiz-larida seld A., shim. dengizlarda qutb A. tarkalgan. A. ayniqsa tropik den-gizlarda xilma-xil bo‘ladi. Ko‘pchilik A. ovlanadi, jigaridan baliq yog‘i oli-nadi, go‘shti ovqat uchun ishlatiladi. skeletidan baliq yelimi tayyorlanadi. Ko‘pchiligi yirtqich A. (yo‘lbars A., kar-harodon, bolg‘abosh A., mako A. va b.), aso-san baliqlar va suvdagi umurtqasizlar bilan oziqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil