Aktinometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aktinometr (aktino... va metr) — Quyoshdan bevosita keluvchi radia-siya jadalligini ulchaydigan asbob. Ishlash tarzi tushayotgan radiatsiyaning qoraytirilgan sirtga yutilishiga va nur energiyasining issiqlik energiyasiga ay-lanishiga asoslangan. Bunday A.larda radiatsiyani qabul qiluvchisi sifati-da qoraga bo‘yalgan yupqa metall bo‘lagi (plastinka) ishlatiladi. Yutilgan ra-diatsiya issiqligini bir necha usul b-n, mas, radiatsiya ta’sirida asbob qabul qiluvchisi t-rasining oshish qiymatini (kumush diskli A.), qabul qiluvchi bilan uning atrofidagi muhit t-rasi orasi-dagi farq natijasida hosil bo‘luvchi termotokni (Yanishevs-kiy termoustu-ni, Moll A.i), bimetall plastinkaning quyosh nuri ta’sirida deformatsiyalanish kattaligini (Mixelson A.i) o‘lchab to-piladi. No‘rning ayrim spektri (rangi) quvvatini o‘lchashda fotokimyoviy, foto-elektrik hamda fotografik kabi selek-tiv usullar ishlatiladi. Bir necha nur filtrlari bilan ta’minlangan A. ham shu maqsadda qo‘llaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil