Aksept

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aksept (lot. acceptus — qabul qilingan) — 1) fuqarolik huquqida ta-klifda (ofertada) ko‘rsatilgan shartlar-285da shartnoma tuzishga rozilik bildirish; xalqaro huquqda shartnoma shartlari b-n bog‘langanlik to‘g‘risida bir tomonla-ma ariza; 2) naqd pulsiz olib borila-digan hisob-kitobning asosiy shakli; tovarlar, xizmatlar, bajarilgan ishlar xaqini taqdim etilgan to‘lov talabno-masiga muvofiq to‘lashga rozilik yoki to‘lashni kafolatlash. Mahsulot (xizmat) yet-azib beruvchi tomonidan to‘lov ta-labnomasi yozilib, to‘lov summasini xa-ridor hisob varag‘idan o‘z hisob varagiga o‘tkazish uchun bankka taqdim etiladi. Bankda to‘lov talabnomasini qondirish to‘lovchi A. (roziligi) b-n o‘tkaziladi. Belgilangan qoidaga ko‘ra to‘lovchi ta-labni A. qilishi yoki yozma ravishda rad etishi mumkin. A.ni asossiz rad etgan to‘lovchi yetkazib beruvchi hisobiga jari-ma to‘laydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil