Aks sado

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aks sado — tovushning biror to‘siqqa urilib undan qaytishi. A. s. tovush chiqqan paytdan kamida 0,05— 0,06 s keyin kelsagina eshitiladi. A. s. tabiatda tog‘li, o‘rmonzor yoki stadi-on singari joylarda ko‘proq ro‘y bera-di. Radio A. s.radiolokatsiyada, tovush A. s. esa gidrolokatsiya va ultratovush defektoskopiyada qo‘llaniladi. Dengiz-lar chuqurligini aniqlash (exolot) va suv tagidagi jismlarning o‘rnini bel-gilash A. sta asoslangan. A. s. ayrim hayvonlar, mas, ko‘rshapalaklar uchun o‘z yo‘nalishlarini aniqlash, to‘siqlarni aylanib o‘tish hamda o‘ziga yemak qidirib topishda muhim o‘rin egallaydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil