Akkumulyasiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akkumulyasiya (lot. accumulate -toʻplanish) — Yer yuzasida gʻovak mineral jinslarning tuplanishidagi barcha jarayonlarning umumiy nomi. A.ning ikkita asosiy tipi mavjud — vulkanik va choʻkindi (choʻkindilarning toʻplanishi, sedimentatsiya). Keyingisi suv havzalarining tubida (subakval A.) yoki qurukdikda (subaeral A.) sodir boʻlishi mumkin. A.ni keltirib chiqaruvchi geologik omillarga qarab quyidagilar farq qilinadi: dengiz, koʻl, daryo, shamol (eol), muzlik, orogenli va b. Alar. A.lar natijasida vulkan choʻkindi togʻ jinslari va akkumulyativ relyefning turli shakllari vujudga keladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil