Akkumulator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akkumulyator (lot. accumulator — toʻplovchi) — keyinchalik foydalanish maqsadida energiyani toʻplaydigan qurilma. Elektr, issiqdik, gidrav-lik, inersion xillari bor. Elektr A. elektr toki taʼsirida kimyoviy ener-giyani elektr energiyasiga aylantirib beradigan galvanik tizim. Elektr A. musbat elektrod, manfiy elektrod va elektrolitdan iborat. Elektrodning elektrolitga tegib turuvchi sirtida po-tensiallar farqi hosil bo‘ladi. Bu farq eyuk (elektr yurituvchi kuch) deyiladi. Yig‘ilgan energiyani sarflash vaqtida kimyoviy energiya elektr energiyasiga, energiyani to‘plash vaqtida esa elektr energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Elektrolit tarkibiga karab, A.lar kis-lotali va ishqorli xillarga bo‘linadi. Kislotali A.larda elektrolit sifatida sulfat kislota eritmasi, musbat elek-trod sifatida qo‘rg‘oshin oksidi, manfiy 265elektrod sifatida qo‘rg‘oshin ishlatila-di. Bunday A.lardan avtomobil trans-portida, aviatsiyada, aloqada foydala-niladi. Ishqorli A.lar elektrodining xiliga karab, kadmiy-nikelli va temir-nikelli, kumush ruxli va kumush-kadmiy-li bo‘ladi. Kadmiy-nikelli A. musbat elektrodi grafit aralashtirilgan ni-kel oksididan, manfiy elektrodi kad-miy aralashtirilgan temirdan tayyorla-nadi. Elektrolit sifatida o‘yuvchi kaliy eritmasi yoki o‘yuvchi natriy eritmasiga ozgina litiy gidrooksid qo‘shilgan ara-lashma ishlatiladi. A. zaryadlanish va za-ryadsizlanish vaqtidagi o‘rtacha kuchlanish (har bir elementga 1—2 V) va sig‘im (am-per-soat) bilan ifodalanadi. Kuchlanishni oshirish uchun A.lar ketma-ket ulanib, batareyalar hosil qilinadi. Kadmiy-ni-kelli va temir-nikelli A. aviatsiyada, aloqa vositalarida, elektr transport mashinalarida, kosmik apparatlarda; kumush-ruxli va kumush-kadmiyli A. aviatsiya, aloqa vositalari, kinoga olish apparati va b. da ishlatiladi. Issiqlik A.tarmoqdagi bug‘ bosimini birday saqlab turadi. Gidravlik A. gidravlik qurilmalarda suyuqlik yoki gazning bo-sim va sarfini baravarlaydi, 100—300 atm bosim ostida suyuqlikni yig‘ib, gidravlik presslarga va b. mashina-qurollarga bir meʼyorda berib turadi. Inersion A. maxovikdan iborat bo‘lib, undan turli mashinalar, transport vo-sitalari va b.da foydalaniladi. So-atlardagi prujinalar, aviatsiya model-laridagi rezina motor ham energiya A.i hisoblanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil