Akkreditiv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akkreditiv (lotincha: accredo — ishonaman):

  • naqd pulsiz hisob-kitoblar olib boriladigan bank hisob varagʻi;
  • tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga koʻra amalga oshiriladigan oʻzaro hisob-kitob turi. Unda qarz beruvchi (kreditor) oʻziga tegishli toʻlovlarni akkreditiv topshirigʻida koʻzda tutilgan shartlar va muddatlarda tegishli bank orqali olib turadi;
  • nomiga yozib berilgan shaxsga kredit muassasasidan koʻrsatilgan summani olish huquqini tasdiqlovchi qimmatbaho qogʻoz. Bundan tashqari akkredetivlar turli shaharlarda joylashgan korxonalarning mulkiy muno-sabatlarida (joʻnatilgan mahsulotlar uchun tovar-transport hujjatlari asosida haq toʻlash), xalqaro hisob-kitoblarda (ayniqsa, mamlakatlararo eksport-import munosabatlarida) keng qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil