Akino Korason

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

AKINO (Ayashpo) Korason (1933.25.1, Tarlak viloyati) — Filippin tari-xida 1-ayol-prezident (1986—92). Ob-roʻli Koxuangko oilasidan. Mamlakatda F. Markosning avtoritar tuzumiga qarshi kurashgan B. Akinoning bevasi. 1986 y. fevralda Maniladagi ommaviy namoyishlar natijasida F. Markos diktaturasi tugatilgach, hokimiyat tepasiga kelgan. 1987 y. hozirda ham amalda boʻlgan demokratik konstitutsiya qabul qilingan. A. hokimiyatni boshqargan dastlabki davrda "diktatura qurboni va demokratiya xaloskori" sifatida juda mashhur boʻlgan. Iqtiso-diyotni modernizatsiyalashga harakat qilgan.Qashshoqlik va korrupsiyaga qarshi kurashgan. Hukmron doiralar orasidagi ichki ziddiyatlar va muxo-lifatning faollashuvi natijasida A. siyosati samarasiz boʻlgan. Biroq A. hokimiyatni konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan mudsat tugaguncha idora etib hokimiyatni yangi prezidentga demok-ratik asosda topshirishga erishgan.