Ajmer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ajmer, Ajmir — Hindistonning Rajastxan shtatidagi shahar. Aravali togʻida, 900 m balandlikda joylashgan. Aholisi 402 ming kishi (1991). Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik sanoati markazi. Ipgazlama, shoyi va trikotaj fabrikalari, mashinasozlik kor-xonalari, temir yoʻl ustaxonalari bor. Badi-iy hunarmandchilik (shoyiga gul tikish, toʻr tuqish) rivojlangan. Mamlakatning asosiy diniy markazlaridan. A. 12-asr boshlarida vujudga kelgan va Chauxanlar davlatining poytaxti boʻlgan. 1192-yildan Muhammad Gʻuriyga qarashli, keyinroq Dexli sultonlari tasarrufiga oʻtgan. 1556-yildan Boburiylar hukmronligida boʻlgan. 1818-yilda inglizlar bosib olgan. 1947-yildan mustaqil Hindiston tarkibida. A.da 12-asrda qurilgan masjid, 16-asrda solingan qal’a va saroylar saqlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil