Ajinatepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ajinatepa — budda ibodatxonasi harobasi saqlangan tepalik (6-8-asrlar). Qoʻrgʻontepa sh. (Tojikiston Respu-blikasi)dan 12,5 km sharqda. Tojikiston arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan qazib oʻrganilgan (1961-69). Ibodat-xona va monastirdan iborat 2 qismli inshoot (100x50) topilgan. Qazishmalar davrida besh yuzdan oshiq san’at yodgorliklari — haykallar, naqshlar, devoriy rasmlar va ularning parchalari topilgan. Buddaning oʻlim toʻshagida yotgan 12 m li haykali va sovgʻa keltirayotganlarning devoriy rasmlari muhim tarixiy ahamiyatga ega. Ad.: Litvinskiy B. A., Zeymal T. I., Adjina-Tepe, M., 1971.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil