Ai se eu te pego!
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| „Ai se eu te pego!“ | |
|---|---|
| Os Meninos de Seu Zeh singli | |
| Qachon chiqarilgan | 2008 |
| Qachon yozilgan | 2008 |
| Janr | Sertanejo |
| Matn muallif(lar)i | Sharon Acioly, Antônio Dyggs, Aline da Fonseca, Amanda Teixeira, Karine Assis Vinagre [1] |
„Ai se eu te pego!“ 2008-yili Sharon Acioly va Antônio Dyggs tomonidan yozilgan qoʻshiqdir.[2] Ashula nomi portugalchadan „Oh agar seni tutsam!“ deb oʻgiriladi.[3] U keyinchalik Cangaia de Jegue, Garota Safada, Arreio de Ouro, Estakazero, Forró Sacode va Saia Rodada kabi braziliyalik guruhlar tomonidan qayta ijro etilgan. 2011-yili qoʻshiq Michel Teló tomonidan kuylanib, xalqaro hitga aylandi. Teló shuningdek uning „Oh, If I Catch You!“ nomli inglizcha tarjimasini ham chiqardi. Bundan soʻng ashulani Inna, Pitbull va LMFAO ham ijro etishdi.
Ulugʻbek Rahmatullayevning „Qizlar Ismi“ nomli ashulasi „Ai se eu te pego!“ musiqasiga asoslangan.