Karim Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ahmedov Karim Sodiqovichdan yoʻnaltirildi)
Karim Ahmedov
Ahmedov Karim Sodiqovich
Tavalludi 19-fevral 1914-yil
Vafoti 1996
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Karim Sodiqovich Ahmedov (1914. 19.2, Toshkent) — kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1968). Kime fanlari doktori (1958), professor (1960). Oʻrta Osiyo universitetini bitirgan(1937).Toshkent Davlat Universitetida kafedra mudiri (1953 — 72). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Kimyo institutida laboratoriya mudiri (1958-81), shu institut direktori (1965-72), ToshPI rektori (1972-88), kafedra mudiri (1973-yildan). Toshkent kimyo-texnologiya instituti rekto-rati qoshida maslahatchi (1991-yildan). A. Oʻzbekistonda birinchilar qatorida ta-biiy va sunʼiy yoʻl bilan olingan yuqori molekulyar birikmalarning fizik va termokimyosi sohasida tadqiqotlar oʻtkazgan. Uning ilmiy ishlari asosan kolloidlar va polimerlar kimyosiga oid boʻlib, suvda eruvchan polielektrolitlar, quyi va yuqori molekulyar sirt-faol moddalar olishning yangi yoʻnalishlarini ochish hamda amalga tatbiq etish masalalariga bagashlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mu-kofotlangan (1998).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil