Muhammad Ali Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ahmedov, Muhammad Alidan yoʻnaltirildi)
Oʻzbek Adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

Muhammad ali (taxallusi; asl ism-sharifi Ahmedov Muhammad Ali) (1942.1.3, Boʻz tumani) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992), filol. fanlari nomzodi (1992). Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot in-tini tugatgan (1966). "Sharq yulduzi" jur.da adabiy xodim (1966), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir (1967), boʻlim mudiri (1982), bosh muharrir (1982—85), Oʻzbekiston televideniyesida bosh muharrir (1985— 88), ToshDUda etika va estetika ka-fedrasi mudiri (1994—96), Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda oʻzbek adabiyoti tahririyati mudiri (1997—98), Xalqaro "Oltin meros" xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1999— 2003). 2003 y.dan Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi raisi.

M.A. "Fazodagi hislar" (1967), "Shafaq" (1968), "Otalar yurti" (1970), "Dostonlar" (1974), "Oq nur" (1977), "Ilhom pariyey" (1980), "Sen bir gulsan" (1989), "Ona duosi" (1994) va b. sheʼriy asarlar muallifi. "Mashrab" dostonida (1966) Boborahim Mashrabning fojiali hayotini tasvirlagan. "Beshgul" (1986), "Zaminda yashaymiz" (1971), "Muxabbat" (1983) dostonlari zamonaviy mavzularda yozilgan. Oʻzbek xalqining 19-a. oxiri — 20-a. boshlaridagi hayotini tasvirlashga bagʻishlangan "Boqiy dunyo" (1981) sheʼriy romanida Jizzax qoʻzgʻoloni voqealari badiiy lavhalarda aks ettirilib, Dukchi Eshon obrazi yaratilgan. "Sarbadorlar" (1989) dilogiyasi M. A. ning prozadagi dastlabki asari. "Ulugʻ saltanat" (1999) tarixiy romanida oʻzbek xalqining 14-a.dagi hayoti tasvirlanarkan, tarixiy hodisalar oqimida Amir Temur obrazining tadrijiy oʻsib borishi, uning harakteridagi adolatparvarlik, halollik, mardlik va vatanparvarlik fazilatlari koʻrsatilgan. M.A.ning davr va tarixning dolzarb masalalariga bagʻishlangan publitsistik asarlari ham bor ("Oshiq boʻlmay Haq diydorin kursa boʻlmas" 1992; "Men koʻrgan Amerika", 2000). Hind eposi "Ramayana"dan parchalar, qoraqalpoq eposi "Shahriyor", R. Berne, G. Tabidze sheʼriy kitoblari, Bayron, Pushkin, R. Hamzatov va b. asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laure-ati (1984), "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (1999)[1].

Muhammad Ali (Muhammad Ali Ahmedov) 1942 yil 1-martda Andijonning Boʻz tumanida tugʻlgan. U shoir, yozuvchi, olim, tarjimon, pedagog va jamoat arbobi. Bekoboddagi oʻrta maktabni (1959), Moskvadagi Gorkiy nomidagi adabiyot institutini (1966) tamomlagan. Qisqa muddat Andijon va Fargʻona viloyatlari maktablarida oʻqituvchilik qilgan (1962-1963). Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri, bosh muharrir (1967-1985), O'zbekiston Televideniyesida bosh muharrir (1985-1988), O'zbekiston yozuvchilar uyushmasida Tarjima markazi raisi (1989-1993), Toshkent Davlat Universitetida Etika va Estetika kafedrasi mudiri, professor (1993—1996), G'afur G'ulom nashriyotida o'zbek adabiyoti bo'limi boshlig'i (1997-1999), Xalqaro oltin meʼros hayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1999—2003) boʻlib faoliyat koʻrsatgan. 2003 yildan u halqaro Amir Temur hayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi bo'lib ishlagan (2003-2013).

2013 yil 15-fevraldan O'zbekiston yozvuchilar uyushmasi raisi lavozimida ishlamoqda. Muhammad Ali o'n uch yil davomida AQSHning Washington Universitetida oʻzbek tili va adabiyotidan saboqlar bergan (1992—2005).

Muhammad Ali nazmda, nasrda, publisistikada koʻplab asarlar ijod etgan. Soʻnggi 35 yil davomida 20 ta sheʼriy toʻplami oʻzbek, rus, qozoq, qoraqalpoq tillarida chop etildi. Uning «Boqiy dunyo»(1979) sheʼriy romani adib ijodida muhim oʻrinni eqallaydi. Asar o'zbek xalqining chor mustamlakasiga qarshi ko'tarilgan Andijon (Dukchi Eshon) va Jizzax qo'zg'olonlari tarixiga bag'ishlangan. Unda mustamlaka davrida o'zbek adabiyotida Dukchi Eshon obrazi birinchi marta jasorat bilan yoritib berilgan. She'riy roman rus tiliga tarjima etilib 1984 yilda Toshkentda bosib chiqarildi (tarjimon Marina Kudimova).

Muhammad Ali ijodida Amir Temur asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Adib ijodining dastlabki yillaridanoq bu mavzu tazyiq etilganiga qaramay, u Amir Temur haqida she'rlar yozdi, keyinchalik maktab darsligiga kiritilgan "Gumbazdagi nur" (1967) dostonini yaratdi, romanlar, maqola va esselarni e'lon qildi. Umuman olganda, o'zbek adabiyotida sohibqiron amir temur siymosining yaratilishi uni o'quvchi suygan obraz sifatida ifoda etilishida Muhammad Alining xizmatlari beqiyosdir. Roman dilogiyasida mustamlaka davrida o'zbek adabiyotida birinchi bo'lib nasrda Amir Temur siymosini tasvirlab berdi. Adib dadillik bilan "Ulug' saltanat" eposini yaratishga kirishdi. 2003 yilda epopeyaning birinchi kitobi "Jahongir Mirzo" e'lon qilindi va 2008 yilda turk tiliga tarjima qilinib Istanbul, Turkiyada bosildi (tarjimon A. Yenis Turan). Keyin ketma-ket ikkinchi kitob "Umarshayx Mirzo" (2006), uchinchi kitob "Mironshoh Mirzo" (2010) romanlari e'lon qilindi. Nihoyat, 2013 yilda epopeyaning so'nggi romani "Shohruh Mirzo" yozib tugatildi. Adib "Ulug' saltanat" epopeyasi ustida yigirma bir yil mehnat qilganini ta'kidlash kerak.

Muhammad Ali 2005 yilda "Abadiy sog'inchlar" roman-xronikasini e'lon qildi. Asar ingliz tiliga tarjima etilib 2006 yilda Toshkentda nashr qilindi (tarjimon Dilbarxon Muhammad Ali qizi).

«Oʻz-oʻzingni anglab yet» (1988), «Haqiqatdan chekinma, tarix!» (1990), «Qafasdagi bulbullar» (1996), «Men koʻrgan Amerika» (2000) singari kitoblari Muhammad Ali publisistikasi haqida tasavvur hosil qiladi. Muhammad Ali tarjimonligi oziga xos. U qadimgi hind eposi «Ramayana»ni (1978), qoraqalpoq eposlari «Shahriyor», «Masposhsho»ni (1985), R Byorns, Galakjion Tabidze asarlarini ozbek tiliga tarjima qilgan.

Muhammad Ali Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti (1976), Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti (1984), Xalqaro Yassaviy mukofoti (1994) laureati, Oʻzbekiston xalq yozuvchi (1992), «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi (1999).

Asarlari [tahrir]

  • Saylanma. T: Adabiyot va sanat nashriyoti. 1997.
  • Sarbadorlar. Roman. T: Adabiyot va sanat nashriyoti,1989.
  • Ulug saltanat. Roman T: «Sharq» NMK- 2003.

Manbalar [tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil