Aguda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aguda (1068 — 1123) — Xitoydagi Szin davlatining asoschisi va birinchi imperatori (1115 — 23). 1113-yilda kidanlarga oʻlpon toʻlovchi Vanyanlarning chjurchjen urugʻiga boshchilik qildi. 1114-yilda kidanlarga karshi urushib ularning qal’alarini egalladi. 1115-yilda oʻzini imperator deb eʼlon qildi va sulo-la nomini Szin („Oltin“) deb atadi. 1116-yilda Manchjuriyani butunlay bosib oldi, 1123-yilda esa Shimoliy Xitoydagi kidanlarning Lyao saltanatini ham boʻysundirdi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil