Agrofizika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agrofizika, agronomik fizika — o‘simliklarning hayot sharoitlarini fizik usullar b-n tadqiq etish va ular hayot faoliyatining fizik jarayonlari haqidagi fan. Q.x. ekinlarining hosildorligi va tezpisharligini oshirish uchun tashqi muhitning fizik xususiyatlarini o‘rganadi va ularni boshqarish usullarini ishlab chiqadi. A.ning bo‘limlari: tuproq fizikasi (tuproq havosi fizikasi, tuproq gidrofizikasi, tuproqning qattiq qismi fizikasi, issiqlik va b.); havoning yer atrofi qatlami fizikasi (aerodinamik, radiatsion va b. ko‘rsatgichlar); o‘simliklar radiobiologiyasi va yorug‘lik fiziologiyasi, shuningdek, q.x. ekinlarining o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay tabiiy sharoitlar yaratish maqsadida ekinlarga hamda tashqi muhitga faol ta’sir ko‘rsatadigan agrofizik usullar, vositalar. A. fan sifatida 20-a.da shakllangan va hozirgi zamon tabiatshunosligi, ayniqsa, biofizika, shuningdek, mat., elektronika, kibernetika va b. fanlarning nazariy yutuqlari negizida rivojlandi, natijada o‘simliklarning o‘zida va tashqi muhitda sodir bo‘ladigan 169jarayonlarni miqdoriy baholash imkoniyatlari yaratildi. A.ni rivoj-lantirishda K. A. Timiryazev, D. N. Prya-nishnikov, N. A. Kachinskiy, A. A. Rode (Rossiya), E. Rassel (Buyuk Britaniya), V. Shou (AQSH) va b. katta hissa qo‘shgan. Agrofizik tadqiqotlarda vegetatsion va dala usullari qo‘llaniladi, tashqi muhit sharoitlarini o‘rganish uchun aniq o‘lchov asboblari ishlatiladi. Tadqiqot natijalaridan tuproqning suv, havo, issiqlik rejimlarini yaxshilashda, optimal ekish usullari va muddatla-rini, tuproqqa ishlov berish, sug‘orish me’yorlari va b.ni belgilashda foyda-laniladi. A. tadqiqotlari xulosalari, ayniqsa, ekinlarning hosildorligini programmalashda va dala ishlari sifa-tini baholashda katta ahamiyatga ega. Fitotron, oranjereya, issiqxonalarda iqlimni boshqarish, tuproq issiqlik ba-lansipi, o‘simlik transpiratsiyasi, ular-ga oziq moddalar va suvning shimilishi tezligini o‘lchaydigan asboblar yara-tilgan. Agrofizik asboblarni qo‘llash yirik omborxonalarda kartoshka va me-valarni saqlash jarayonlarini avtomat-lashtirish, nobudgarchilikni kamayti-rish, mahsulot sifatini buzmay saqlash, chiqindilar miqdorini ka-maytirish imkoniyatini beradi. Dehqonchilik va o‘simlikshunoslikning fizik muammo-lari Tuproqshunoslik va agrokimyo i.t. instituti, O‘zbekiston paxtachilik i.t. instituti, oliy o‘quv yurtlari kafedra-larida o‘rganiladi.Abdurahim Ermatov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil