Agrippa Mark Vipsaniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agrippa Mark Vipsaniy (taxminan miloddan avvalgi 63 — 12) — Rim sarkardasi va davlat arbobi. Miloddan avvalgi 41 yilda Peruziya shahrini qamal qilishda rahbarlik qilgan. Sekst Pompeyga qarshi Mil va Navloxdagi jangda (36 yil) gʻalaba qilgan. Av-gustnit bosh harbiy yordamchisi. Miloddan avvalgi 23 yilda imperator Avgustning qizi Yuliyaga uylanadi va tez orada yordamchisi hamda kuyovi sifatida uning vorisi boʻlib qoladi. A. dastlabki dunyo hari-talaridan birining muallifi. Adib va yer haqidagi ilmni biluvchi sifatida ham tanilgan. Rim obodonchiligiga katta hissa qoʻshgan (Panteon ibodatxonasi va hokazo qurgan).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil