Agrafiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agrafiya (yun. a — inkor qoʻshimchasi va graphio — yozaman) — yozish qobiliyatining yoʻqolishidan ke-lib chiqadigan nutqning buzilishi. Bosh miya chap yarim sharidagi chekka yoki tepa-chakka qismining rivojlanmay qolishi yoki zararlanishi oqibatida vujudga keladi. Odatda afaziya bilan birga kechadi. A. da bemor soʻzda harflarni qoʻshib oʻqish qobiliyatini yoʻqotadi yoki yozganda boʻgʻinlar oʻrnini almashtirib qoʻyadi, yoki boʻgʻinlarni umuman tushirib qoldiradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil