Aqiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Agatdan yoʻnaltirildi)
IMA maqomi Aga[1]
Fizik xususiyatlari
Rangi oq, kulrang, ko'k, sariq, qizil, qora
Qirra rangi Oq
Qattiqlik 6,5-7
Zichligi 2,6 g/sm³
Aqiq

Aqiq — Agat — mineral. Xalsedonning bir turi, qatlamli yoki yoʻl-yoʻl boʻladi. Qatlamlarda ranglarning har xil uygʻunlikda kelishiga qarab quyidagi xillari farqlanadi: agat oniksi (oq va qora qatlamlar), karneol oniksi (qizil va oq), sardoniks (qizil-qoʻngʻir va oq), agatlar (zangori-kulrang va oq). Kimyoviy formulasi Si02. Aqiq dan har xil marjonlar, taqinchoklar yasaladi, sanoatda esa hovoncha, hovoncha dastasi, tarozi prizmalari, elektr va suv oʻlchov asboblarining tagligi, koʻnchilik sanoatida dazmollash gʻaltaklari va b. ishlanadi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Warr, L.N. (2021). "IMA–CNMNC approved mineral symbols". Mineralogical Magazine 85 (3): 291–320. doi:10.1180/mgm.2021.43. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil