Afsonak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Afsonak (Thermopsis) — burchoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Asosan Osiyo va Shimoliy Amerikada oʻsadi. Koʻpchiligi zaharli. Baʼzi turlari ekinlar orasida oʻsadi. Oʻrta Osiyoda bu turkumning 3 turi boʻlib, Oʻzbekistonda tarqalgan Th. dolichocarpa va Th. alterniflora nomli turlarining barglari uch yaproqli, poyasi tuqdor; gullari sariq shingil toʻpgulga yigʻilgan, kosachasi yotiq tukli; dukkaklari tasmasimon choʻziq, bir oz buqilgan, tukdor. Urugʻlari jigarrang, baʼzan koʻkimtir. Yozda gullaydi. A.ning baʼzi turlaridan tibbiyotda balgʻam koʻchiruvchi va nafas markazini qoʻzgʻatuvchi dori sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil