Afrika qoʻnogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Afrika qoʻnogʻi (Pennisetum tuphoidum) — bir yillik don va yem-xashak ekini. Tashki koʻrinishidan makkajoʻxori va sorgo (oqjoʻxori, qoʻqon joʻxori)ga oʻxshaydi. Osiyo, Afrika, qisman Janubiy Yevropaning quruqiqlimli zonalarida etishtiriladi. Doni oziq-ovqatga va hayvonlarga yem uchun ishlatiladi. Bargi va poyasidan koʻk ozuqa va pichan tayyorlanadi. 100 kg donida 89 ozuqa birligi, 10 kg hazm boʻladigan protein, 100 kg pichanida 50 ozuqa birligi va 8,2 kg hazm boʻladigan protein bor. Afrika qoʻnogʻi issiqsevar, yorugʻ-sevar va qurgʻoqchilikka chidamli. Qumloq va qoʻngʻir tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. 1 ga yerga 5-10 kg urugʻlik sarflanadi, urugʻlar 5-6 sm chuqurlikka ekiladi. Hosildorligi koʻk massa boʻyicha 80- 500 s/ga, sugʻoriladigan maydonlarda 800-1000 s/ ga, don boʻyicha 11-40 s/ga. Oʻzbekiston oʻsimlik-shunoslik ilmiy tadqiqot institutida Afrika qoʻnogʻini Oʻzbekiston sharoitlarida oʻstirish tavsiyalari ishlab chiqilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent-2000-yil