Afghanis-tan
Afghanis-tan (yap. あふがにすタン, Afuganisu-tan) yapon yonkoma mangasi boʻlib, 2003-yil oktabridan 2005-yil fevraligacha Timaking (ちまきing) tomonidan veb-komiks sifatida chiqarilgan. Manga Afgʻoniston va unga qoʻshni mamlakatlarning XIX asrdan boshlab zamonaviy tarixi haqida hikoya qiladi. Mamlakatlar shaxslashtirilib koʻrsatilgan.
Qahramonlar [tahrir]
Afghanis-tan (yap. あふがにすタン, Afuganisu-tan) — Afgʻoniston obrazi
- Manga bosh qahramoni, kuchli feʼl-atvorli qoʻshnilar orasidagi qiz. Sharbat Gulaga asoslanib tasvirlangan.
Pakis-tan (yap. ぱきすタン, Pakisu-tan) — Pokiston obrazi
- Maqtanchoq, yolgʻiz qiz. Afghanis-tan'ni yoqtiradi.
Uzbekis-tan (yap. うずべきすタン, Uzubekisu-tan) — Oʻzbekiston obrazi
- Oʻjar qiz, Pakis-tan bilan chiqishmaydi. Rossiyani yoqtiradi, Karakalpaks-tan ismli singlisi bor.[1]
Tajikis-tan (yap. たじきすタン, Tajikisu-tan) — Tojikiston obrazi
- Qiziqqon, futbolni sevadi.
Kyrgyzs-tan (yap. きるぎすタン, Kirugisu-tan) — Qirgʻiziston obrazi
- Gapga chechan va zukko. Oʻyinchoq axaltaka ot minib yuradi.
Turkmenis-tan (yap. とるくめにすタン, Torukumenisu-tan) — Turkmaniston obrazi
- Jumboq qahramon, sirini hech kimga ochmaydi. Saparmyrat Nyýazowga parodiya.
Meriken (yap. めりけん) — AQSh obrazi
- Badavlat mehmon, urishqoq.
Al-Nyaida (yap. あるにゃいだ, Arunyaida) — Al-Qoida obrazi
- Yovvoyi mushuklar toʻdasi. Nuqul vayronagarchilik bilan mashgʻul.
Manbalar [tahrir]
- ↑ Character bio: Uzbekis-tan, pbase.com