Affekt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Affekt (lot. aftectus — ruhiy hayajon, ehtiros) — turli tashqi yoki ichki ta’sirlar asosida tez paydo bo‘lib, qisqa muddatli, aksariyat hollarda "port-lash" tarzida bo‘ladigan kuchli ifodala-nadigan hissiy holat (qo‘rqinch, dahshat, g‘azab va b.). A. tushkunlik, tang vaziyat-larda yuzaga keladi. A. holatida ichki or-ganlar faoliyati o‘zgaradi, keskin ifoda-li holatlar paydo bo‘ladi, kishining ong doirasi torayadi, xulqni na-zorat qilish qobiliyati yo‘qoladi. A. fiziologik ham, patologik ham bo‘lishi mumkin. Fiziolo-gik A.da kishi o‘z xatti-harakatini idora eta olishi, keyinchalik barcha voqealarni xotirasida saqlab qolishi mumkin. Pa-tologik A. ko‘proq ruhiy kasalliklarda kuzatiladi. Ba’zan ruhiy sog‘lom odam-larda ham kuzatilishi mumkin. Patolo-gik A.da barcha xatti-harakatlar kishi xotirasida saqlanmaydi, shaxsning xatti-harakatlari ong tomonidan na-zorat qilinmaydi. Odamda A. fakdt uning jismoniy holati, biologik ehtiyojlari va instinktlari kabilar-ga bog‘liq omillar tufayli emas, balki uning ijti-moiy munosabatlarining buzilishi tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Mas, adolatsizlik, bevafolik, haqorat sh.k. holatlarda. Ba’zan A. bi-ror salbiy holatni yuzaga keltiruvchi vaziyatlarning takrorlanaverishi na-tijasida ham sodir bo‘ladi. Bundam vaziyatlarda A. ak-kumulyatsiyasi holati ro‘y beradi, uning natijasida A. kuchli, boshqarib bo‘lmaydigan xulqlarajasiga ko‘garilishi mumkin (affektiv port-lash).A.ni o‘rganish sud-psixiatrik hamda sud-psixologik ekspertiza amaliyotida jinoiy xatti-harakatlarning asl sa-babini aniqlashda zaruriy shartlardan biri bo‘lib, adolatli hukm chiqarishda katta ahamiyatga ega.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil