Afandi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nasreddin (17th-century miniature).jpg

Afandi — turkiy xalqlar og‘zaki ijodidagi obraz. Ismi Xo‘ja Nasriddin (Afandi laqabi). U o‘zbeklarda Afandi (Nasriddin afandi), turklarda Xoja Nasriddin, qozoqlarda Xo‘ja Nosir, ozarbayjonlarda Mulla Nasriddindir. Afandi barcha latifalarda mard, to‘g‘ri so‘z, haqiqatgo‘y, adolatni ulug‘lovchi, kambag‘al, beva-bechoralarning homiysi, shuningdek shaxs va jamiyat kamchiliklari ustidan kuluvchi xalq qahramoni sifatida gavdalangan. U baʼzi adolatsiz amaldorlar, qozilarning, so‘zi bilan ishi mos kelmaydigan ruhoniylarning kirdikorlarini fosh etgan, ularga bo‘lgan munosabatini yengil mutoyiba yoki achchiq hajv orqali ixcham va obrazli tarzda ifodalagan. Afandi haqidagi xalq ijodi bo‘lmish latifalar to‘plam holida bir necha bor nashr etilgan. Afandi yozuvchi va sanʼatkorlar ijodidan munosib o‘rin olgan: „Nasriddinning yoshligi“ dramasi, „Nasriddin Xo‘jandda“, „Nasriddin Buxoroda“, „Xo‘ja Nasriddin sarguzashtlari“, „Xo‘ja Nasriddinning o‘n ikki qabri“, „Afandining besh xotini“ filmlari, „Xo‘ja Nasriddin“ operettasi, „Nasriddin afandi“ musiqali komediyasi, shuningdek tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik asarlari yaratilgan.


Adabiyotlar[tahrir]

  • Yo‘ldosheva F., O‘zbek xalq latifalarida Nasriddin afandi obrazi, T., 1979.