Afalina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Afalina, qora delfin (Tursiops trunsotus) — kitsimonlar turkumi del-finlar oilasining bir turi. Uz. 3,9 m, og‘irligi 280 kg gacha;xdanasining orqa tomoni qora, qorin tomoni oq. Mo‘’tadil va iliq suvli dengizlarda tarqalgan. Qora, Boltiq va Uzoq Sharq dengizlarida ham yashaydi. O‘troq hayot kechiradi yoki ki-chik tuda bo‘lib ko‘chib yuradi. Baliqlar, mollyuskalar va b. suv hayvonlari bilan oziqlanadi. Homiladorlik davri 11 oy, tug‘ilgan bolasining uz. 1—1,2 m, og‘irligi 14—16 kg , 5—6 oy emizadi. A. okeanariumlarda boqiladi, qo‘lga tez o‘rganadi, tutqinlikda ham ko‘payaveradi. Uni turli harakatlarni bajarishga oson o‘rgatish mumkin. Gavay okeanariumi-da A. bilan taroqtishli delfin (Steno bredanensis) chatishtirilib urug‘lararo gibrid olingan. Yaponiya delfinariya-larida A.ning kulrang delfin va kasat-kalar bilan gibridlari olingan. Qora den-giz A.si muhofaza qilinadi, uni ovlash 1966 y.dan boshlab man etilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil