Aerostat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aerostat (aero… va yun. states -qoʻzgʻalmas) — havodan yengil uchish apparati. Bunda koʻtarish kuchi zichligi havo zichligidan kam boʻlgan, qobiq (ballon) ichiga toʻldirilgan gaz (vodorod, geliy) dan hosil qilinadi. Dastlabki A.ni Fransiyada aka-uka Jozef va Eten Mongolfelar 1783-yilda uchirishgan. Boshqariladigan (dirijabllar) hamda boshqarilmaydigan A.lar boʻladi. Boshqariladigan A.larga dvigatel hamda havo vintlari oʻrnatiladi. Geliy vodoroddan ogʻirroq boʻlishiga qaramay, A.larning qobigʻi koʻpincha geliy bilan toʻldiriladi, chunki vodorod oson oʻt olib ketishi mumkin. Boshqarilmaydigan A.lar oʻz vazifasiga koʻra erkin va bogʻlab qoʻyiladigan A.larga boʻlinadi. Stratostatlar, substratostatlar, havo sharlari erkin A.lar boʻlib, ulardan ilmiy tadqiqot ishlarida, bogʻlab qoʻyiladigan A.lardan harbiy maqsadlarda, meteorologik tadqiqotlarda foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Aerostat" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil